Skip to content

Uyga vazifa ​

Har bir vazifa 20–30 daqiqa. Kodlar alohida hafta-01 papkasida saqlanadi.

1-dars uchun (Python o‘rnatish va ilk dastur) ​

1-topshiriq: «Mening ilk dasturim»

  1. Shaxsiy kompyuteringizga Python 3.12+ va VS Code dasturini o‘rnating (Add to PATH belgisi bilan).
  2. salom.py faylini yarating va unda o‘zingiz, qiziqishlaringiz va backend yo‘nalishini tanlaganingiz sababi haqida kamida 4 qatordan iborat ma'lumotni ekranga chiqaring.
  3. Terminalda python salom.py buyrug‘i orqali dasturni ishga tushiring.

Kutiladigan natija: Dastur konsolda xatosiz bajarilib, matnlarni chiroyli chiqarishi.

2-dars uchun (Sodda ma’lumot toifalari va arifmetika) ​

2-topshiriq: «Hisob-kitoblar va vaqt konverteri»hisob.py faylini oching:

  1. Tomonlari 18 va 9 bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi (*) va perimetrini hisoblang.
  2. 5000 sekund vaqt berilgan. Undan to‘liq soat, daqiqa va qoldiq sekundlarni // va % yordamida ajratib oling.
  3. 2 ** 10 (1 Kilobayt baytlarda) ifodasini hisoblab chiqaring.

Kutiladigan natija: Konsolda barcha hisob-kitoblar tushunarli sarlavhalar bilan chiqishi.

3-dars uchun (O‘zgaruvchilar va amaliy loyihalar) ​

3-topshiriq: «Virtual server profil paneli»server_profil.py faylini yarating:

  1. Quyidagi o‘zgaruvchilarni e'lon qiling:
    • server_nomi = "FastAPI-Production"
    • ip_manzil = "192.168.1.100"
    • port = 8000
    • ram_gb = 8
    • disk_gb = 120
    • status_faol = True
  2. f-string yordamida konsolda chiroyli server monitoring kartochkasini chiqaring.
  3. "Do‘kon kassasi" dasturini 4 ta mahsulot (non, sut, yog‘, shakar) uchun qayta hisoblab, to‘liq chekni chiqaring.

Kutiladigan natija: O‘zgaruvchilar to‘g‘ri nomlangan (snake_case) va hisob-kitoblar to‘g‘ri bajarilgan.

© 2026 AXVHUB.UZ