Skip to content

Uyga vazifa ​

Ushbu haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil amaliy uyga vazifalar (har biri 20-30 daqiqa).


10-dars. Tarmoq qurilmalari va xavfsizlik muammolari (1-qism) ​

  1. Maktab yoki uyingizdagi tarmoq sxemasini chizing: kompyuter, switch, router, gateway va internet. Har bir qurilma yoniga OSI sathini yozing.
  2. Hab, switch va router uchun jadval tuzing: qaysi sathda, nimaga qaraydi, ma'lumotni qayerga beradi.
  3. Quyidagi 5 holatni zaiflik, tahdid yoki hujum deb tasniflang va ichki yoki tashqi ekanini yozing: (a) yangilanmagan brauzer; (b) ishdan ketgan xodim diskka kira oladi; (c) tayyor skript bilan sinab ko'ruvchi notanish shaxs; (d) server DDoS ostida; (e) shifrlanmagan protokol ma'lumotni oshkor qiladi.

11-dars. Wireshark yordamida tarmoq trafigini tahlil qilish ​

  1. Kompyuteringizga Wiresharkni o'rnating (Npcap bilan) va faol interfeysni tanlab, capture boshlang. Oynaning 3 panelini skrinshotda belgilang.
  2. http va tls filtrlari bilan har birida GET so'rovi va TLS Client Hello paketini toping.
  3. TCP, UDP, DNS va ICMP protokollari bo'yicha kamida 3 tadan paketni tahlil qilib (Source, Destination, Protocol, Info), natijalarni fayl ko'rinishida saqlang va hisobot tayyorlang.
  4. Sayt ochilishini 4 bosqichda o'z so'zlaringiz bilan yozing.

12-dars. Ping va traceroute buyruqlari bilan marshrutlarni tahlil qilish ​

  1. 4 ta turli saytga ping yuboring. Jadval: sayt, o'rtacha ms, yo'qotish %, TTL, taxminiy hop soni (128 yoki 64 dan ayirib).
  2. Shu saytlarga tracert (Linux/Mac: traceroute) yuboring; kamida bittasida flaglardan foydalaning (-d, -h, -w).
  3. Bitta marshrutni hop-hop izohlang: uy routeri, provayder, O'zbekiston uzeli, tashqi tranzit, manzil.
  4. * * * chiqqan bo'lsa, buning mumkin bo'lgan sababini yozing.

© 2026 AXVHUB.UZ