AXV

Wireshark: tarmoq paketlarini tahlil qilish

Sayt ochganda tarmoqda aslida nima bo'layotganini o'z ko'zingiz bilan ko'ring

10-sinf Kiberxavfsizlik4-hafta · 11-dars

Bugungi reja

Paket nima

Har bir harakat minglab paketdan iborat

Wireshark

Paketni ushlab, har qatlamini ochib ko'rsatadi

HTTP va HTTPS

Ochiq so'rov va TLS shifrlash farqi

01

Paket va Wireshark

Internetdagi har bir harakat paketlardan iborat

Paket anatomiyasi

EthernetMAC IPmanzillar TCP / UDPportlar HTTP / DNSma'lumot Wireshark har qatlamni alohida ochib ko'rsatadi

Qatlam ustiga bosing.

OSI 7 sathi: paket qaysi qatlamlardan o'tadi

SathNima
7 TadbiqiyHTTP, DNS, HTTPS
6 Taqdimot, 5 Seansma'lumot ko'rinishi, seans
4 TransportTCP / UDP, portlar
3 TarmoqIP-manzillar, marshrutlash
2 Kanal, 1 FizikEthernet, MAC, signal

Wireshark nima?

Wireshark paketlarni «ushlab» olib, har bir qatlamini ochib ko'rsatadi. Tarmoqdagi paketni kuzatish, filtrlash va tahlil qilish uchun eng mashhur bepul vositalardan biri.
bepulcapturefiltrlashtahlil

O'rnatish: qadam-baqadam

1. Rasmiy sayt

wireshark.org ga kirib, «Download» bosiladi.

2. Versiya

Windows yoki macOS uchun versiya tanlanadi.

3. Npcap

O'rnatishda WinPcap/Npcap ga ruxsat berish majburiy.

4. Ishga tushirish

Asosiy oyna ochiladi.

02

Capture: paketni tutamiz

Interfeysni tanlab, tutishni boshlaymiz

Interfeys tanlash va capture

  1. Interfeyslar ro'yxati chiqadi: Wi-Fi, Ethernet, Loopback
  2. Faol internetga ulangan interfeys yonida yashil grafik chiziq bo'ladi: ustiga ikki marta bosing
  3. Yuqoridagi ko'k «shark» belgisini (Start capturing packets) bosing
  4. Paketlar soniyada 100-1000 ta tezlikda oqadi

Wireshark oynasining 3 qismi

1. Paketlar ro'yxatiNo. Time Source Destination Protocol Length Info 2. Packet DetailsEthernet / IP / TCP / HTTP sarlavhalari 3. Hex + ASCIIpaketning xom ko'rinishi

Panelni bosing.

Paketni ochib ko'rish

Paketni tanlang: o'rta panelda Ethernet, IP, TCP/UDP va tadbiqiy sath sarlavhalari chiqadi.

Pastga bosing: TCP bayroqlari

TCP bayroqlari

Qatorni kengaytirsangiz, TCP bayroqlarini ko'rasiz: SYN, ACK.

SYNSYN, ACKACK

3 bosqichli handshake: 9-darsda o'tilgan.

03

HTTP va HTTPS

Ochiq so'rov va shifrlangan aloqa farqini ko'ramiz

Filtr: http


1) Brauzerda http://example.com oching
2) Wireshark: Stop (qizil kvadrat), filtrga:  http
3) GET so'rovini toping, ustiga bosing: Packet Details ochiladi
Brauzer serverga «GET» so'rovi yuboradi: bu 7-sathda (Application) bo'ladi.

Ochiq HTTP

filtr: http

GET / HTTP/1.1

So'rov o'qiladi.

HTTPS: TLS Handshake

filtr: tls

TLS Client Hello

Aloqa shifrlangan ko'rinishda davom etadi: o'rtada turib o'qib bo'lmaydi.

Ochiq va shifrlangan: hex ko'rinishi

HTTPlogin=ali&parol=1234ochiq matn (misol) HTTPS (TLS)9f 3a c1 7e 52 b0 ...shifrlangan Misol: tushuntirish uchun yozilgan (haqiqiy paket emas)

Sayt ochilganda 4 qadam

DNS TCP TLS HTTP GET «Sayt ochdim» emas: to'rt bosqich

Protokollar: bosing

TCP

bosing

Bayroqlar: SYN, ACK. Handshake.

UDP

bosing

Ulanishsiz, tez transport protokoli.

DNS

bosing

Nomni IP manzilga aylantirish so'rovi.

ICMP

bosing

Ping paketlari shu protokolda yuradi.

Foydali filtrlar

FiltrNimani ko'rsatadi
httpOchiq HTTP so'rovlari (GET, POST)
tlsTLS Handshake, Client Hello
dns, tcp, udp, icmptegishli protokol paketlari

Xavfsizlik nuqtai nazaridan

Himoyachi

Wireshark bilan g'alati trafik, ochiq parollar, ARP paketlari ko'payishini aniqlaydi.
VS

Hujumchi (MITM)

Qurbon va gateway orasidagi trafikni ko'rishi: HTTP so'rovlar ochiq matnda keladi.
Faqat o'z kompyuteringiz va ruxsat berilgan laboratoriya trafigini tahlil qiling.

Odatiy xatolar

Npcap o'rnatilmagan: interfeys ko'rinmaydi yoki paket tutilmaydi.
Noto'g'ri interfeys: yashil grafik chizig'i bor interfeysni tanlamasdan boshqasi.
HTTPS paketlaridan parolni o'qimoqchi bo'lish: shifrlangan.

Mini-test 1

HTTPS aloqasining boshlanishini ko'rish uchun Wireshark filtriga nima yoziladi?

Filtrga tls yozilsa, TLS Handshake (Client Hello) ko'rinadi: aloqa shifrlangan davom etadi.

Mini-test 2

Wiresharkning pastki paneli nimani ko'rsatadi?

Pastki panel: tanlangan paketning 16 lik (hex) va ASCII ko'rinishi.

Amaliy topshiriq 15 daqiqa

OsonWiresharkni o'rnating va interfeysni tanlab capture boshlang.
O'rtahttp va tls filtrlari bilan har birida 3 tadan paket toping.
QiyinDNS, TCP, UDP, ICMP bo'yicha 3 tadan paket tahlili hisobotini yozing.

Xulosa

Bugun o'rgandik

Paket, Wireshark o'rnatish, 3 panel, http va tls filtrlari

Uyga vazifa

Har protokoldan 3 paket tahlili va fayl hisobot