Skip to content

Uyga vazifa ​

Fan: Game Design
Sinf: 9-sinf
Hafta: 6-hafta
Topshirish muddati: Keyingi darsga qadar (7-hafta, 1-dars)


Topshiriq 1: Jonli o'yin HUD'i qiyin ​

  1. 1920×1080 px, Transparent fonli hujjatda health bar'ni (fon, to'ldirish, ramka) chizing; HP 70/100 holatiga to'g'ri uzunlik hisoblang.
  2. Tanga hisoblagichini (ikonka + «x 12») chizing va «Tangalar» guruhiga soling.
  3. Mini-xaritani Ellipse Tool bilan chizing; qahramon va 2 ta dushman belgisini qo'ying.
  4. Barcha qatlamlarni «HUD» guruhiga yig'ib, shaffof PNG qilib eksport qiling.
  5. HUD joylashuvi haqida 3 gaplik izoh yozing: nima uchun elementlar aynan shu joylarda?

Topshiriq 2: Wireframe, Mockup, Prototype o'rta ​

  1. Bosh menyu wireframe'ini qog'ozda chizing (logotip, START, Sozlamalar, Chiqish) va suratga oling.
  2. O'yin ekrani wireframe'ini chizing: HUD elementlarining joylari 16-darsdagi kabi bo'lsin.
  3. Wireframe, Mockup va Prototype farqini 3 ta jumlada yozing.
  4. Oilangiz a'zosi yoki do'stingizga wireframe'ni ko'rsating: «START tugmasi qayerda?» deb so'rang va natijani yozing.

Topshiriq 3: Stsenariyga mos interfeys sxemasi oson ​

  1. O'z o'yiningiz stsenariysini 3–4 gapda yozing.
  2. Stsenariydan kamida 5 ta ekranni ajrating va har biriga 3–4 ta element yozing.
  3. Ekranlar xaritasini qog'ozda chizing; har strelkaga tugma nomini yozing; ortga yo'llarni tekshiring.
  4. Ikki ekranning wireframe'ini Photoshop'da (1920×1080 px) chizing, har birini guruhlab nom bering.
  5. Xaritada chiqishsiz ekran (tuzoq) yo'qligini tekshirib, natijani 2 jumlada yozing.

Baholash mezoni ​

MezonBall
16-dars: HUD maketi: health bar, tangalar, mini-xarita3
17-dars: Wireframe: bosh menyu va o'yin ekrani sxemasi3
18-dars: O'z o'yiningiz uchun ekranlar xaritasi va wireframe'lar2
Toza, o'z vaqtida va mustaqil bajarilgan2
Jami10
Bonus: bonus darajadagi topshiriq+2

© 2026 AXVHUB.UZ