Skip to content

Uyga vazifa ​

Mazkur haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Har bir vazifa 20–30 daqiqaga mo'ljallangan.


1-dars: Game Design faniga kirish: Tushunchasi, ahamiyati va dasturiy vositalar ​

  1. O'zingiz yoqtirgan bitta mobil yoki kompyuter o'yinini tanlang va uning yaratuvchi studiyasini yozing.
  2. Ushbu o'yinda Game Designer qanday asosiy maqsad qo'yganini (o'yinchi nima qilishi kerakligini) 3 ta jumlada tasvirlang.
  3. O'yin dizaynining 5 ta komponenti (Gameplay, Level Design, Narratsiya, UI, UX) bo'yicha ushbu o'yinni qisqacha tahlil qiling.
  4. O'yindagi 3 ta ijobiy dizayn yutug'ini va 1 ta noqulay kamchiligini qayd eting.

2-dars: O‘yinlarning tarixi va janrlari: O'yin evolyutsiyasi va janrlar tasnifi ​

  1. O'zingiz eng ko'p o'ynagan 2 ta o'yinni tanlang.
  2. Har bir o'yinning aniq janrini (Action, RPG, Strategy, Puzzle, Simulation, Adventure yoki ularning gibridini) belgilang.
  3. Nima sababdan aynan shu janrga tegishli ekanini har bir o'yindan 3 tadan aniq o'yin mexanikasi misolida asoslab bering.
  4. Ushbu o'yinlardan birini maktab o'quvchilari uchun ta'limiy o'yinga (Edu-Game) aylantirish bo'yicha 2 ta taklif yozing.

3-dars: UI va UX ning Game designdagi roli: Interfeys tiplari va HUD arxitekturasi ​

  1. Sevimli o'yiningizdagi HUD elementlarining to'liq ro'yxatini yozing (Health bar, mini-xarita, qurol, o'q-dorilar, ochkolar).
  2. O'yindan 4 ta interfeys turiga (Diyegetik, Nodiyegetik, Fazoviy, Meta-interfeys) mos keluvchi 1 tadan aniq element topib, nima uchun aynan shu turga mansubligini tushuntiring.
  3. O'yindagi 1 ta noqulay interfeys jihatini (yomon UX) tanqid qiling va o'rniga qanday qulay yechim taklif qilishingizni yozing.

© 2026 AXVHUB.UZ