Skip to content

Uyga vazifa ​

Mazkur haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Har bir vazifa 20–30 daqiqaga mo'ljallangan.


4-dars: Excelda ma'lumotlar tahlili: Saralash, filtrlash va formatlash ​

  1. Excelda 8 nafar xaridorning ma'lumotlari jadvalini tuzing: Ism, Tovar, Summa, Shahar.
  2. Jadvalni avval Shahar bo'yicha alifboda, so'ngra Summa bo'yicha kamayish tartibida (ko'p darajali saralash) joylashtiring.
  3. Shartli formatlash (Conditional Formatting) orqali 1 000 000 so'mdan katta xaridlarga yashil rang bering va takroriy tovar nomlarini sariq rang bilan belgilang.

5-dars: Professional jadval tuzish, Tidy Data va Excel Table (Ctrl+T) ​

  1. O'zingiz yoqtirgan 5 ta kitob haqida ma'lumotlar jadvalini tuzing (Kitob nomi, Muallif, Janr, Narxi, Nashr yili).
  2. Jadval sarlavhalarini Tidy Data tamoyillari asosida (bo'sh joysiz, tushunarli) nomlang.
  3. Jadvalni Ctrl + T yordamida rasmiy Excel Table formatiga o'tkazing va dizayn uslubini (Style) tanlang.
  4. Table Design menyusidan Total Row ni yoqing va kitoblarning o'rtacha narxini (Average) hisoblang.

6-dars: Excel formulalari: Nisbiy/absolut murojaatlar, shartli va qidiruv funksiyalari ​

  1. Excelda 6 nafar o'quvchining 3 ta fan bo'yicha to'plagan ballari jadvalini tuzing.
  2. Har bir o'quvchi uchun umumiy ball (SUM) va o'rtacha ballni (AVERAGE) hisoblang.
  3. IF funksiyasi yordamida o'rtacha bali 80 dan yuqori bo'lganlarga "A'lochi", qolganlarga "Yaxshi" degan natija chiqaring.
  4. Alohida katakda COUNTIF orqali guruhda nechta "A'lochi" borligini sanang.

© 2026 AXVHUB.UZ