Skip to content

Uyga vazifa ​

Mazkur haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Har bir vazifa 20–30 daqiqaga mo'ljallangan.


7-dars: Elektron sxema asosida ikki LED lampaning ishlash prinsipi va ulanishi ​

  1. Tinkercad-da Arduino Uno, Breadboard, 2 ta 220 Om rezistor hamda Qizil va Yashil LED dan iborat mustaqil parallel sxemani yig'ing (Qizil — Pin 9, Yashil — Pin 11).
  2. C++ tilida yo'l harakati xavfsizligi mayoqchasini (Traffic Flasher) dasturlang:
    • Qizil LED 3 marta tez miltillaydi (har biri 150 ms yoniq, 150 ms o'chiq);
    • Yashil LED 3 marta tez miltillaydi (har biri 150 ms yoniq, 150 ms o'chiq);
    • Ikkala LED 1 soniyaga o'chib tanaffus qiladi va tsikl takrorlanadi.
  3. Nima uchun 3 ta LED ni 5V manbaga ketma-ket ulaganda ular yonmasligini kuchlanishlar yig'indisi formulasi ($U = U_1 + U_2 + U_3$) orqali asoslab bering.

8-dars: Arduino UNO yordamida LED indikatorlari va push-button bilan ishlash (1-qism) ​

  1. Arduino D2 piniga va GND ga Push-button ulang. pinMode(2, INPUT_PULLUP) sozlamasidan foydalaning.
  2. Tugma holatini o'qib, Serial Monitorga chiqaruvchi dastur yozing.
  3. Sxemaga Pin 9 dagi LEDni qo'shing va quyidagi xavfsizlik signalizatsiyasi mantiqini tuzing:
    • Tugma bo'sh turganda (eshik yopiq deb hisoblanadi): LED o'chiq bo'lsin;
    • Tugma bosilganda (eshik buzib ochildi): LED tez miltillab xavf signali bersin va Serial Monitorga "DIQQAT: Eshik ochildi!" matni uzatilsin.

9-dars: Arduino UNO yordamida LED indikatorlari va push-button bilan interaktiv interfeys (2-qism) ​

  1. 1 ta Push-button va 1 ta LED yordamida to'liq Toggle (trigged) kalitini dasturlang: tugma 1 marta bosilganda LED yonsin va yoniq qolsin, yana 1 marta bosilganda esa o'chsin.
  2. Dasturda nima sababdan delay(50) qo'yilganini mexanik kontaktlarning dirillashi (Button Bounce) hodisasi misolida tushuntiring.
  3. Sxemaga ikkinchi tugma va ikkinchi LED qo'shing. Biri Qizil chiroqni, ikkinchisi Yashil chiroqni mustaqil boshqarsin. Ikkala chiroq bir-biriga xalaqit bermasdan ishlashini simulyatsiyada ko'rsating.

© 2026 AXVHUB.UZ