Skip to content

Uyga vazifa ​

Mazkur haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Har bir vazifa 20–30 daqiqaga mo'ljallangan.


7-dars: Ma’lumotlarni tozalash (Data Cleaning) va transformatsiya ​

  1. Excelda 10 ta "nuqsonli" yozuvdan iborat jadval tayyorlang (ism-familiyasi kichik harflarda, boshida va oxirida ortiqcha bo'shliqlar bor, masalan: " anvar hakimov ").
  2. =PROPER(TRIM(...)) formulalaridan foydalanib, butun ro'yxatni toza ko'rinishga keltiring.
  3. Yangi ustunda "Shahar, Tuman, Ko'cha" ko'rinishidagi manzillarni Text-to-Columns (ajratgich: vergul) orqali 3 ta alohida ustunga bo'ling.
  4. Jadvaldagi takroriy qatorlarni Data > Remove Duplicates orqali o'chiring.

8-dars: Pivot jadvallar (PivotTable) va ma'lumotlar vizualizatsiyasi ​

  1. Excelda 15 ta xariddan iborat dataset tuzing (Sana, Mijoz, Mahsulot, Summa, Shahar).
  2. Ushbu jadval asosida yangi varaqda PivotTable yarating: satrlarga Shahar, ustunlarga Mahsulot, qiymatlarga Summani qo'ying.
  3. Mahsulot bo'yicha interaktiv Slicer qo'shing va qiymatlar formatini valyuta (Currency) ko'rinishiga sozlang.
  4. Pivot jadvalga bog'langan Clustered Column PivotChart diagrammasini chizing.

9-dars: Relatsion ma’lumotlar bazalari va model tushunchasi: Jadvallar va kalitlar ​

  1. O'zingiz qiziqqan soha (Kutubxona, Futbol klubi yoki Shifoxona) bo'yicha kamida 3 ta jadvaldan iborat relatsion model loyihalang.
  2. Har bir jadvalning nomi, kamida 4 ta ustunini yozing.
  3. Har bir jadvalda Primary Key (PK) ustunini belgilang.
  4. Jadvallarni bir-biriga Foreign Key (FK) orqali bog'lang va munosabat turini (1:1, 1:N yoki oraliq jadval orqali M:N) aniq ko'rsating.

© 2026 AXVHUB.UZ