Skip to content

Uyga vazifa ​

Har bir vazifa 20–30 daqiqa. Fayllar alohida hafta-01 papkasida saqlanadi.

1-dars uchun (Internet, DNS, hosting) ​

1-topshiriq: «Mening internetim» (daftarda yoki matn faylida)

  1. O'zingiz yoqtirgan 3 ta saytni yozing. Har birining domenini qismlarga ajrating (nom va zona, masalan kun + .uz).
  2. Bitta saytni tanlab, sahifa ochilguncha bo'ladigan bosqichlarni o'z so'zingiz bilan 5 ta gap bilan yozing (brauzer, DNS, server).
  3. O'sha saytdan front-end va back-end ga misollar yozing (2 tadan).

Kutiladigan natija: to'g'ri atamalar, o'z so'zi bilan yozilgan matn.

2-dars uchun (HTML skelet, head, sarlavhalar) ​

2-topshiriq: «Sevimli o'yinim/ hobbim» sahifasihobbi.html: to'liq skelet (lang="uz", charset, viewport, description, author, title), <h1>, ikkita <h2>, ularning ostida abzatslar; bitta <h3>. Tekshirish: brauzerda ochiladi, yorliqda sarlavha bor, o'zbekcha harflar to'g'ri, kodda surish (indent) bor, barcha teglar yopilgan.

3-dars uchun (matn teglari, havolalar) ​

3-topshiriq: «Qiziqarli ma'lumot»malumot.html: 3 ta abzatsli kichik maqola. Maqolada kamida: <strong>, <em>, <mark>, <sub> yoki <sup>, <abbr title>, <q>; 2 ta havola (biri target="_blank" va rel bilan). Sahifa oxirida <small> bilan muallif yozuvi. Qo'shimcha (ixtiyoriy): 2-darsdagi hobbi.html bilan shu sahifa o'rtasida havolalar yarating.

© 2026 AXVHUB.UZ