Skip to content

Uyga vazifa ​

Har bir vazifa 20–30 daqiqa vaqt oladi. Vazifalar daftarda yoki kompyuterda alohida papkada saqlanadi. Akkaunt kerak bo'lgan qadamlarni ota-onangiz ruxsati va yordami bilan bajaring; akkaunt bo'lmasa, shu qadamni daftarda chizma yoki jadval ko'rinishida bajaring.

10-dars uchun (Internet qanday ishlaydi?) ​

1-topshiriq: «Internet yo'li» mini-loyihasi

  1. Sevimli saytingizni tanlang va uning to'liq havolasini daftarga yozing.
  2. Havolani bo'laklarga ajrating: protokol, subdomen (bo'lsa), domen nomi, zona, yo'l.
  3. Manzil https:// bilan boshlanishini va qulf belgisi borligini tekshiring.
  4. Sahifa ochilishining 5 bosqichini (siz → DNS → server → javob → brauzer) o'z so'zingiz bilan 5 jumlada yozing.

Kutiladigan natija: havolaning to'g'ri tahlili, HTTPS bo'yicha xulosa va 5 bosqichli tushuntirish.

11-dars uchun (Bulutli xizmatlar, 1-qism) ​

2-topshiriq: «Mening bulutim»

  1. Google Drive yoki OneDrive da (yoki daftarda daraxt ko'rinishida) maktab fanlari bo'yicha papka tuzilmasini yarating: kamida 3 ta fan papkasi, ulardan birida 4-hafta ichki papkasi.
  2. 2 ta faylni (konspekt surati, referat yoki rasm) ma'noli nom bilan joylang: Fan_Mavzu_Familiya.
  3. Fayllardan birini ota-onangizga Ko'ruvchi ruxsati bilan ulashing. Ruxsat sozlamasini ekran rasmiga oling yoki daftarga yozing.
  4. 3 jumla yozing: nega aynan shu ruxsatni tanladingiz va qaysi fayllarni hech qachon ochiq havola bilan ulashmaysiz.

Kutiladigan natija: tartibli papka tuzilmasi, to'g'ri nomlangan fayllar va asoslangan ruxsat tanlovi.

12-dars uchun (Bulutli xizmatlar, 2-qism) ​

3-topshiriq: «Oilaviy reja»

  1. Trello da (yoki qog'ozda 3 ustun chizib) «Dam olish kuni» doskasini yarating: Qilinadi, Jarayonda, Bajarildi.
  2. Kamida 5 ta karta qo'shing (masalan: xarid, tozalash, sayr, uy vazifasi, mehmon kutish), har biriga mas'ul oila a'zosi va muddat yozing.
  3. Kun davomida kamida 3 ta kartani «Bajarildi» ustuniga o'tkazing.
  4. Google Docs (yoki Word onlayn) da 5 jumlali hisobot yozing: nima rejalashtirildi, nima bajarildi, nima qiyin bo'ldi. Bitta oila a'zosini Izohlovchi qilib qo'shing va uning izohiga javob yozing.

Kutiladigan natija: 3 ustunli doska (kamida 5 karta), hisobot va kamida 1 ta izoh-javob.

© 2026 AXVHUB.UZ