Skip to content

Uyga vazifa ​

Har bir vazifa 20–30 daqiqa. Parol, shaxsiy token, maxfiy kalit va shaxsiy ma'lumotlarni repozitoriyga yozmang: topshirishda faqat ochiq GitHub repo yoki Pull Request havolasi kerak.

16-dars uchun (Unix/Linux muhiti) ​

1-topshiriq: «Linux cheat sheet va ruxsatlar»

  1. docs/linux-cheatsheet.md yozing: kataloglar (6 ta), ruxsat oktali va 8 ta asosiy buyruq izohi bilan.
  2. library-api papkasida deploy.sh (750) va app.log (640) yarating; ls -l natijasini faylga saqlang.
  3. Bitta xizmat (nginx yoki ssh) uchun systemctl status va journalctl -u ... -n 20 natijalarini o'qib, 3 jumlada tushuntiring.

Kutiladigan natija: cheat sheet, ruxsat mashqi va xizmat holati izohi.
Topshirish: GitHub commit yoki fayl havolasi.


17-dars uchun (SSH kalitlari) ​

2-topshiriq: «SSH kalit va config»

  1. Mashina uchun yangi ed25519 kalit yarating; docs/ssh.md ga buyruqlarni va fayl ruxsatlarini (private kalitni ko'rsatmasdan) yozing.
  2. ~/.ssh/config da 2 ta Host bloki yozing (sinov serveri va GitHub), faylni ochiq repoga qo'ymang, faqat namunani docs/ssh-config.example ga qo'ying.
  3. sshd_config ni qattiqlashtirish tartibini 6 qadamda yozing (avval sinash, keyin parolni o'chirish).

Kutiladigan natija: SSH hujjati, config namunasi va qattiqlashtirish tartibi.
Topshirish: GitHub commit yoki fayl havolasi.


18-dars uchun (Nginx reverse-proxy) ​

3-topshiriq: «Nginx konfiguratsiyasi»

  1. docs/nginx.md yozing: reverse-proxy ning 5 afzalligi va arxitektura sxemasi.
  2. library.conf konfiguratsiyasini (server, location, 4 ta sarlavha) yozing va nginx -t natijasini qo'shing.
  3. Ikki ilova uchun upstream blokini yozing va least_conn nima qilishini bir jumlada tushuntiring.

Kutiladigan natija: nginx.md, library.conf va upstream bloki.
Topshirish: GitHub commit yoki fayl havolasi.


© 2026 AXVHUB.UZ