Skip to content

Uyga vazifa ​

Ushbu haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil amaliy uyga vazifalar (har biri 20-30 daqiqa).


13-dars. IP-manzillash va qism tarmoqlar (subnets) (1-qism): IPv4 va IPv6 arxitekturasi, sinflar ​

  1. ipconfig (yoki ip a) natijasidan IPv4, subnet mask va shlyuzni yozing; manzil sinfi va shaxsiy yoki umumiyligini aniqlang.
  2. IPv4 va IPv6 farqini jadval qilib yozing (bit, format, manzil soni, sarlavha, manzil turlari).
  3. 5 ta IP manzilning sinfini aniqlang: 3.4.5.6, 130.1.1.1, 200.2.2.2, 230.0.0.5, 250.1.1.1.

14-dars. IP-manzillash va qism tarmoqlar (subnets) (2-qism): CIDR, subnet maska hisoblash va tarmoq segmentatsiyasi ​

  1. 192.168.20.0/24 ni 4 ta teng subnetga bo'ling: har biri uchun tarmoq manzili, host diapazoni va broadcast ni yozing.
  2. /25, /27 va /29 prefikslarining maskasi va hostlar sonini hisoblab jadvalga yozing.
  3. Maktabingiz uchun 4 segmentli tarmoq rejasini chizing va har segmentga subnet bering; segmentatsiya foydasini 3 jumlada yozing.

15-dars. Tarmoqlararo ekran va filtrlash (1-qism): Firewall turlari va ishlash prinsiplari ​

  1. Firewall nima va qaysi tarmoqlar orasida turishini 5 jumlada tushuntiring; trusted va untrusted misollar keltiring.
  2. Firewall turlarini jadvalga yozing: sath, nima bo'yicha filtrlaydi, afzallik, kamchilik.
  3. Quyidagi vaziyat uchun ACL yozing: web-server (80, 443) ochiq; ichkariga tashqi SSH, Telnet va ping taqiqlansin; ichki tarmoq NAT orqali internetga chiqsin.

© 2026 AXVHUB.UZ