Skip to content

Uyga vazifa ​

Fan: UX/UI dizayn va Advanced Front-end
Sinf: 9-sinf
Hafta: 6-hafta
Topshirish muddati: Keyingi darsga qadar (7-hafta, 1-dars)


Topshiriq 1: Figma platformasi va ish muhiti qiyin ​

  1. E-kutubxona Figma faylida 5 ta sahifa yarating va Desktop (1440 × 1024) hamda Mobil (390 × 844) frame lar qo'shing; barcha qatlamlarga ma'noli nom bering.
  2. Ikonkalar sahifasida 24 × 24 o'lchamda 4 ta ikonka chizing (kitob, qidiruv, profil, savat) va SVG ga eksport qiling.
  3. Figma'ning 3 ta afzalligini o'z so'zlaringiz bilan 3–4 gapda yozing.
  4. Figma ishlatish imkoni bo'lmasa: qog'ozda E-kutubxona ekranining sxemasini va ikonkalarini chizib, qatlam nomlarini yozing.

Topshiriq 2: UI komponentlar va variantlar o'rta ​

  1. Figma'da Tugma/Asosiy komponentini yarating: Auto layout (gap 8, padding 12/24) va 4 holatli variant (oddiy, hover, bosilgan, o'chirilgan).
  2. Karta/Kitob komponentini yarating (rasm, nom, muallif, tugma; Auto layout vertikal) va Desktop frame da 4 ta nusxa joylashtiring.
  3. Tugma va karta uchun Figma qiymatlarini CSS ko'rinishida daftarga yozing.
  4. Figma ishlatish imkoni bo'lmasa: qog'ozda tugmaning 4 holatini va kitob kartasini chizing, o'lchamlarini belgilang.

Topshiriq 3: Jamoaviy ishlash va Dev Mode oson ​

  1. E-kutubxona faylini mentorga va bitta sinfdoshga Can view ruxsati bilan ulashing; havola ishlashini tekshiring.
  2. Sinfdoshingiz dizaynida 2 ta sharh qoldiring (kamida bittasi aniq taklif bilan) va o'zingizga kelgan sharhlarga javob bering.
  3. Kitob kartasi va tugma uchun o'lcham, masofa, rang va shrift qiymatlarini (Dev Mode yoki Design paneldan) oling va loyiha qoidalariga mos CSS yozing.
  4. Handoff v1 nomli versiyani saqlang va handoff ro'yxatidagi 5 tekshiruvni bajarganingizni belgilang.

Baholash mezoni ​

MezonBall
16-dars: E-kutubxona fayl tuzilmasi va SVG ikonka3
17-dars: E-kutubxona tugma va kitob kartasi komponentlari3
18-dars: Handoff: ulashish, sharh va CSS qiymatlari2
Toza, o'z vaqtida va mustaqil bajarilgan2
Jami10
Bonus: bonus darajadagi topshiriq+2

© 2026 AXVHUB.UZ