Axure RP: Dinamik panellar va interaktiv bog'lanishlar (Interactions)
Statik chizmalardan chertiladigan (clickable) prototiplarga o'tish, Dinamik panellar va sahifalararo navigatsiya sirlari.
Haftada 3 ta dars. Slaydlarni oching va darsning o'quvchi sahifasida qo'shimcha ma'lumot hamda topshiriqlarni toping.
Statik chizmalardan chertiladigan (clickable) prototiplarga o'tish, Dinamik panellar va sahifalararo navigatsiya sirlari.
Kiritish elementlari (Input, Dropdown, Radio, Checkbox), maydon holatlari, inline validation va xatoliklardan qutqaruvchi qulay interfeyslar.
Izohli simli ramkalar (Annotated wireframes), PNG/SVG/PDF eksport va Figmada UI dizayn uchun referens qatlamini sozlash.
Har bir vazifa 20–30 daqiqa. Natijalarni daftarda yoki dizayn dasturida (Axure RP, Balsamiq, Figma) alohida papkada saqlang. Topshirish: keyingi dars boshida mentorga ko'rsating.
1-topshiriq: «Chertiladigan kitob kartasi va tablar» (20–25 daqiqa)
Home_books va Book_details.Home_booksdagi kitob kartasiga OnClick hodisasi orqali Open Link → Book_details amalini biriktiring.Book_details sahifasida Dynamic Panel yarating va 2 ta State hosil qiling («Annotatsiya» va «Kitob haqida fikrlar»).Set Panel State amalini bog'lab, tablarni bir-biriga almashtiruvchi interaktivlikni sozlang.Kutiladigan natija: sahifalararo o'tuvchi va bitta ekranda tablarni yangilaydigan ishchi interaktiv prototip. Nimani topshirasiz: prototipning qisqa video-yozuvi (screen record) yoki dastur fayli (.rp).
2-topshiriq: «Ro'yxatdan o'tish formasi va Error State» (20–30 daqiqa)
Text Field);Password Field + ko'zcha);Checkbox — kamida 3 ta variant);Radio Button — Email / SMS).Kutiladigan natija: barcha element turlari to'g'ri tanlangan toza forma wireframe'i va uning xatolik holati. Nimani topshirasiz: 2 ta ekran skrinshoti (boshlang'ich holat va xatolik holati).
3-topshiriq: «E-kutubxona to'liq karkasi va Figma referens qatlami» (25–30 daqiqa)
Home_books, Book_details, Register_modal) tekshiring va kamida 3 ta blok ustiga raqamli annotatsiya (texnik izoh) yozing.Desktop 1440 o'lchamli Frame ochib, ushbu PNG rasmni joylang, Opacity darajasini 40% ga tushiring va qatlamni qulflang (Lock).Kutiladigan natija: dasturchilar uchun annotatsiyalangan wireframe va Figmada UI dizayn uchun tayyorlangan referens qatlam. Nimani topshirasiz: Figmadagi loyiha havolasi (link) yoki eksport qilingan skrinshot.