Skip to content

Uyga vazifa ​

Mazkur haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Har bir vazifa 20–30 daqiqaga mo'ljallangan. Barcha fayllarni bitta 4-hafta_Ism papkasida saqlang — ular 13-darsda (sprayt sheet) kerak bo'ladi.


10-dars: Ranglar nazariyasi va dizayn asoslari (3-qism): O'yin atmosferasiga mos rang palitrasi ​

  1. O'z o'yiningiz uchun bitta lokatsiya tanlang va uning kayfiyatini bitta jumlada yozing.
  2. 5–8 ta rasmdan iborat mood board tuzing (Photoshop xolsti).
  3. 6–8 rangli palitra yarating: asosiy rang, 1 ta aksent, har bir asosiy rang uchun soya va yorug'lik pog'onasi (hue shifting bilan).
  4. Palitrani oddiy sinov sahnasida (fon + qahramon siluyeti) qo'llab, Black & White adjustment layer bilan kulrang testdan o'tkazing.
  5. Swatches panelida guruh qilib saqlang va .aco ga eksport qiling; HEX kodli palitra kartasini PNG qilib saqlang.

Kutiladigan natija: mood board, .aco fayli, palitra kartasi (PNG) va kulrang test skrinshoti.


11-dars: O'yin uchun ikonka va spraytlar yaratish (1-qism): Sprayt va ikonka tushunchasi, formatlar ​

  1. Sevimli o'yiningizdan 3 ta ikonka va 3 ta spraytni topib, har birining turini yozing.
  2. Photoshop'da (yoki Piskel'da) bir uslubdagi 4 ta ikonka yarating: jon, tanga, kalit, sozlamalar — 10-dars palitrasidan foydalaning.
  3. Har bir ikonkani shaffof fonli PNG qilib 128, 64 va 32 px o'lchamlarda eksport qiling; fayllarni ikon_nom_olcham.png qoidasi bilan nomlang.
  4. 32 px da qaysi ikonka yomon tanilishini aniqlab, uni soddalashtiring va 2 jumlada nima o'zgartirganingizni yozing.

Kutiladigan natija: 12 ta PNG fayl va qisqa tahlil.


12-dars: O'yin uchun ikonka va spraytlar yaratish (2-qism): Personaj va obyektlar uchun spraytlar ​

  1. 32×32 px da o'z qahramoningizning to'liq spraytini chizing: siluyet → flat → soya → yorug'lik → 1 px kontur (5 ta nomlangan qatlam).
  2. 16×16 px da 2 ta obyekt chizing (tanga, zelye, kalit yoki sandiq) — qahramon bilan bir uslubda.
  3. Qahramon uchun 2 kadrli idle animatsiya yarating (Timeline, 0.5 s, Forever).
  4. Eksport: qahramon va obyektlar — shaffof PNG (100% va 800%, Nearest Neighbor), animatsiya — GIF.

Kutiladigan natija: .psd fayl, 3 ta PNG sprayt, qahramon_idle.gif.


© 2026 AXVHUB.UZ