Skip to content

Uyga vazifa ​

Mazkur haftada o'tilgan darslar bo'yicha mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Har bir vazifa 20–30 daqiqaga mo'ljallangan.


13-dars: SQL — WHERE va mantiqiy operatorlar ​

  1. Mahsulotlar jadvalida 10 ta mahsulot bo'lsin (4 ta yangisini qo'shing).
  2. 10 ta WHERE so'rovini yozing: taqqoslash, AND, OR, NOT, qavs, IN, BETWEEN, 2 ta LIKE.
  3. Har bir so'rov ostiga qatorlar sonini va 1 jumlali xulosani yozing.

Kutiladigan natija: .sql fayl: 10 ta to'g'ri so'rov, qatorlar soni va izohlar.


14-dars: SQL — ORDER BY, LIMIT va OFFSET ​

  1. Mahsulotlar jadvalida 10 ta mahsulot bo'lsin.
  2. 8 ta so'rov yozing: ASC, DESC, ikki ustunli saralash, WHERE + ORDER BY, TOP 3, hisoblangan ustun bo'yicha saralash, 1- va 2-sahifa (hajmi 3).
  3. Har bir natijada birinchi qatorni yozing.

Kutiladigan natija: .sql fayl: 8 ta to'g'ri so'rov va har birining birinchi qatori.


15-dars: SQL — NULL va ma'lumot turlari ​

  1. Mijozlar jadvalini yarating va 8 ta mijoz kiriting (kamida 3 tasida NULL).
  2. 8 ta so'rov yozing: IS NULL, IS NOT NULL, ISNULL, COALESCE, sana filtri, BIT filtri, CAST, <> tuzog'i.
  3. Har bir so'rov natijasini qisqa izohlang.

Kutiladigan natija: .sql fayl: jadval skripti, 8 ta so'rov va natija izohlari.


© 2026 AXVHUB.UZ