Skip to content

Uyga vazifa ​

Fan: Web Full-stack
Sinf: 8-sinf
Hafta: 5-hafta
Topshirish muddati: Keyingi darsga qadar (6-hafta, 1-dars)


Topshiriq 1: Flexbox navigatsiya va kartalar o'rta ​

index.html va style.css yarating:

  • header ichida chapda logotip, o'ngda 4 ta havola: display: flex, justify-content: space-between, align-items: center.
  • Ostida 6 ta karta: flex-wrap: wrap, gap: 16px, har bir karta flex: 1 1 220px.
  • Kartalardan birini align-self yoki order bilan ajratib ko'rsating (ixtiyoriy).

Topshiriq 2: Grid sahifa maketi o'rta ​

maket.html sahifasida Grid bilan quyidagi maketni quring:

  • header va footer — butun kenglik (grid-column: 1 / -1).
  • Chapda aside (220px), o'ngda main (1fr).
  • main ichida 6 ta rasmli galereya: repeat(3, 1fr), birinchi rasm span 2, rasmlarda object-fit: cover.

Topshiriq 3: Responsiv qilish qiyin ​

2-topshiriqdagi sahifani mobile-first usulida moslashtiring:

  • <head> da viewport meta tegi bo'lsin.
  • Telefonda (asosiy CSS): maket 1 ustun, galereya 1 ustun, menyu ustun ko'rinishida.
  • @media (min-width: 768px): maket 2 ustun, galereya 2 ustun, menyu qatorda.
  • @media (min-width: 992px): galereya 3 ustun.
  • DevTools (Ctrl+Shift+M) da 375px, 768px va 1200px kenglikdagi 3 ta skrinshot oling.

Baholash mezoni ​

MezonBall
Flexbox header va ko'chadigan kartalar to'g'ri ishlaydi3
Grid maketi: header/footer butun kenglikda, sidebar + main2
Galereya: repeat, span 2, object-fit1
Mobile-first media so'rovlar (min-width), viewport tegi3
3 ta breakpoint skrinshoti1
Jami10

© 2026 AXVHUB.UZ