CSS asoslari: ulash va selektorlar
HTML sahifangiz hozircha oq-qora ko'ylakda. Bugun unga CSS bilan rang, uslub va xarakter beramiz va kerakli elementni aniq tanlashni o'rganamiz.
Haftada 3 ta dars. Slaydlarni oching va darsning o'quvchi sahifasida qo'shimcha ma'lumot hamda topshiriqlarni toping.
HTML sahifangiz hozircha oq-qora ko'ylakda. Bugun unga CSS bilan rang, uslub va xarakter beramiz va kerakli elementni aniq tanlashni o'rganamiz.
Bugun sahifangizga rang beramiz: matn, fon, gradient. Shrift va matn uslubi bilan o'qishni qulay qilamiz va «meros» sirini ochamiz.
Veb-sahifadagi har bir narsa bu quti. Bugun qutining ichini, devorini va atrofidagi bo'sh joyni boshqarishni o'rganasiz, shundan so'ng maketlar yasash osonlashadi.
Fan: Web Full-stack
Sinf: 8-sinf
Hafta: 4-hafta
Topshirish muddati: Keyingi darsga qadar (5-hafta, 1-dars)
index.html va style.css fayllar yarating. CSS da .karta sinfini aniqlab, 3 ta turli ko'rinishdagi karta (card) yasang:
width i 280px, padding i 20px, border-radius i kamida 8px bo'lsin.margin orqali ajralib tursin (kamida 16px).solid, dashed va dotted turlaridan foydalaning).* { box-sizing: border-box; } yozilgan bo'lsin.Namuna:
<div class="karta karta-1">
<h3>Birinchi karta</h3>
<p>Box model amaliyoti</p>
</div>hisoblar.txt (oddiy matn fayli) da quyidagi hisob-kitobni yozing:
.blok { width: 200px; padding: 15px; border: 4px solid; margin: 10px; } bo'lsa:
Brauzerda index.html ni oching, F12 bosung. Har bir karta uchun DevTools dan Box model rasmini ko'ring va 3 ta skrinshot olib, screenshot-1.png, screenshot-2.png, screenshot-3.png nomida saqlang.
| Mezon | Ball |
|---|---|
| 3 ta karta yaratilgan, har biri farqli border | 3 |
| box-sizing: border-box qo'llanilgan | 2 |
| margin bilan kartalar orasida to'g'ri masofa | 2 |
| Hisoblash to'g'ri (hisoblar.txt) | 2 |
| DevTools skrinshot (kamida 1 ta) | 1 |
| Jami | 10 |