Skip to content

Uyga vazifa ​

Fan: Computer Science Foundation
Sinf: 8-sinf
Hafta: 6-hafta
Topshirish muddati: Keyingi darsga qadar (7-hafta, 1-dars)


Topshiriq 1: GitHub akkaunti va push qiyin ​

  1. GitHub'da (ota-ona bilan) akkaunt oching yoki mavjud akkauntda 2 bosqichli tekshiruvni yoqing; username'ingizni daftarga yozing.
  2. kundalik nomli bo'sh repository yarating va loyihani push qiling.
  3. Yana 2 ta yangi commit qilib push qiling; GitHub'dagi commitlar sahifasidan skrinshot oling yoki daftarga yozing.
  4. Akkaunt ochish imkoni bo'lmasa: repo yaratish va push ketma-ketligini 6 qadamda daftarga yozing.

Topshiriq 2: clone, pull va branch o'rta ​

  1. kundalik repo'ngizga README.md yozing: sarlavha, qisqa tavsif, 3 bandli ro'yxat va muallif (shaxsiy ma'lumotsiz). Commit va push qiling.
  2. yangi-sahifa nomli branch yarating, unda fayl qo'shing va main ga merge qiling. git log --oneline natijasini daftarga yozing.
  3. Do'stingiz yoki ustozingizning Public repo'sini clone qiling va ichidagi fayllar ro'yxatini yozing.
  4. GitHub imkoni bo'lmasa: clone, pull, branch, merge buyruqlarini misol bilan daftarga yozing.

Topshiriq 3: Zamonaviy IT yo'nalishlari oson ​

  1. Oltita yo'nalishning har biri uchun hayotdan bitta mahsulot misoli yozing.
  2. Eng qiziq 2 ta yo'nalishni tanlang va sababini 2–3 gapda yozing.
  3. Tanlangan yo'nalish uchun birinchi 3 qadamli reja tuzing (masalan, nimani o'rganish, qaysi vosita, qanday kichik loyiha).
  4. Ota-onangiz yoki tanishingizdan IT sohasida ishlaydigan odam bo'lsa, undan ishi haqida 2 ta savol so'rang.

Baholash mezoni ​

MezonBall
16-dars: Kundalik loyihasini GitHub'ga yuklash3
17-dars: clone, branch va README3
18-dars: «Mening IT yo'lim» kartochkasi2
Toza, o'z vaqtida va mustaqil bajarilgan2
Jami10
Bonus: bonus darajadagi topshiriq+2

© 2026 AXVHUB.UZ