Skip to content

Uyga vazifa ​

Fan: Advanced UX/UI dizayn va Advanced Front-end
Sinf: 10-sinf
Hafta: 4-hafta
Topshirish muddati: Keyingi darsga qadar (5-hafta, 1-dars)


Topshiriq 1: Portfolio wireframe, 3 ekran qiyin ​

Figmada portfolio sayti uchun 3 ta Frame yarating:

  • Frame 1: Bosh sahifa — header (logo + menyu), hero blok (rasm joyi + sarlavha + CTA tugma), kamida 3 ta loyiha bloki (teng kenglik, tekislangan), footer.
  • Frame 2: Loyihalar — sarlavha, 6 ta loyiha kartasi, «Batafsil» tugmasi bor.
  • Frame 3: Aloqa — sarlavha, 3 maydonli forma (ism, email, xabar), «Yuborish» tugma.

Qoidalar:

  • Faqat kulrang va qora-oq shakllar; rang, rasm va maxsus shrift yo'q (low-fidelity).
  • Frame o'lchami: 1440×1024 yoki 1280×800.
  • Barcha elementlar 8pt ga karrali balandlikda (48px tugma, 80px header).
  • Elementlar Figma Align vositalari bilan tekislangan.

Topshiriq 2: Interaktiv linklar o'rta ​

  • Bosh sahifadagi menyu «Loyihalar» havolasini → Frame 2 ga bog'lang.
  • Frame 2 dagi «Aloqa» havolasini → Frame 3 ga bog'lang.
  • Frame 3 dagi «Orqaga» tugmasini → Frame 1 ga bog'lang.
  • Present rejimida sinab, kamida 1 ta o'tish ishlashini tekshiring.

Topshiriq 3: Qo'llanish holati tahlili oson ​

tahlil.txt faylida quyidagi savollarga javob yozing (har biri 2–3 jumla):

  1. Portfolio sayt wireframe'ini e-commerce sayt wireframe'idan nima ajratib turadi?
  2. Siz chizgan wireframe'da qaysi element «Mumkinmas» qoidasini buzishi mumkin edi? Qanday tuzatdingiz?

Baholash mezoni ​

MezonBall
3 ta Frame to'g'ri tuzilgan (sarlavha, elementlar, footer)3
Low-fidelity: rang, rasm, shrift yo'q2
Interaktiv linklar ishlaydi (Present da)3
tahlil.txt: 2 savolga javob2
Jami10
Bonus: mobil versiya Frame qo'shish (375px)+2

© 2026 AXVHUB.UZ