Skip to content

Uyga vazifa ​

Ushbu haftada o'tilgan darslar bo'yicha uyga vazifalar ro'yxati:


13-dars. Foydalanuvchilarni boshqarish: Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya ​

  1. User modeli, UserCreate va UserRead sxemalarini yozing va alembic revision --autogenerate -m "users" bilan migratsiya yarating.
  2. /auth/register, /auth/login va /auth/me endpointlarini yozing; Swagger da Authorize bilan sinab, skrinshot oling.
  3. get_current_admin dependency sini yozing va admin bo'lmagan foydalanuvchi uchun 403 qaytishini tekshiring.

14-dars. CRUD amallarni bajarish (model, forma, validatsiya) ​

  1. Book modeli, BookCreate, BookUpdate, BookRead sxemalarini yozing va migratsiya yarating.
  2. POST, GET (ro'yxat va bitta), PATCH, DELETE endpointlarini yozing; boshqa foydalanuvchi uchun 403 va yo'q id uchun 404 qaytishini tekshiring.
  3. Swagger da barcha endpointlarni sinab skrinshot oling; pages=-5 yuborib 422 javobini izohlang.

15-dars. Filtrlash, qidiruv va tartiblash ​

  1. GET /books ga author, min_pages va published_year filtrlarini qo'shing; Swagger da 3 ta kombinatsiyani sinang.
  2. q qidiruvini (sarlavha yoki muallif) va ruxsat etilgan sort ni qo'shing; noto'g'ri sort uchun 400 qaytishini tekshiring.
  3. limit/offset va BookPage (items, total, limit, offset) ni qo'shing; 3 sahifani ketma-ket oling va natijani izohlang.

© 2026 AXVHUB.UZ