Sprayt Sheet va Atlas
O'yin uchun ikonka va spraytlar (3-qism): tayyorlash va optimallashtirish
9-sinfGame Design5-hafta · 13-dars
Takrorlash
Idle animatsiyaning 2-kadrida nima o'zgaradi?
Oyoqlar joyida qoladi, tana va bosh 1 px pastga — qahramon «nafas oladi».
01
Sprayt sheet nima?
Ko'p kadr — bitta fayl
Ta'rif
Sprayt sheet — bir nechta sprayt yoki animatsiya kadri bitta PNG faylda to'r ko'rinishida joylashgan rasm. Dvijok kerakli kadrni undan «kesib» oladi.
Animatsiya sheet
Bitta harakat kadrlari bir qatorda: idle, yurish, sakrash.
Atlas
Turli obyekt va ikonkalar bitta katta rasmda.
Alohida fayllar → bitta sheet
O'xshatish: fotoalbom
30 ta konvert
Har rasmni alohida ochish — vaqt ketadi, tartib yo'qoladi.
VS
Bitta albom
Bir marta ochasiz, kerakli sahifani darhol topasiz.
02
Nega kerak?
Dvijok nuqtai nazaridan
Uch foyda
Bitta yuklash
Fayl bir marta yuklanadi — o'yin tezroq ochiladi.
Kam draw call
Bitta atlasdagi spraytlar birga chiziladi.
Tartib
Kadrlar ketma-ket, jamoaga tushunarli.
O'quv qo'llanma: «Draw call sonini kamaytirish uchun sprite atlaslaridan foydalaning».
Draw call nima?
Dvijokning videokartaga «shuni chiz» degan bitta buyrug'i. Har buyruq vaqt oladi.
Telefonda buyruqlar soni ayniqsa muhim: kam draw call — ravon o'yin va kam batareya sarfi.
Mini-test
Atlasning asosiy texnik foydasi qaysi?
Bitta fayl bir marta yuklanadi, bir atlasdagi spraytlar birga chiziladi.
03
Sheet tuzilishi
Katak, qator, padding, tayanch nuqta
Sheet anatomiyasi
O'lchamni hisoblash
Kenglik = kadrlar × kadr kengligi · Balandlik = qatorlar × kadr balandligi. 2 ning darajalari (64, 128, 256) qulay.
Tayanch nuqta: oldin / keyin
2-kadrda qahramon 2 px yuqorida chizilgan — o'yinda har qadamda «sakraydi».
Gorizontal guide oyoq ostida, barcha kadrlar shu chiziqda — harakat silliq.
04
Photoshop amaliyoti
Idle va yurish sheetini yig'amiz
6 qadam
1. Hujjat
128×32 px (4 × 32), Background: Transparent.
2. Guide Layout
View → New Guide Layout: Columns 4, Gutter 0.
3. Kadrlarni joylash
12-dars guruhlarini nusxalab, Move Tool (V) bilan kataklarga. Snap yoqilgan.
4. Nomlash
Qatlamlar kadr_01…, guruh yurish.
5. Tekshirish
Oyoq chizig'i bir xil, kadrlar katakdan chiqmaydi.
6. Eksport
Export As → PNG, 100%, Transparency.
Yurish: 4 kadr
O'ng oyoq oldinda
Oyoqlar birga
Yurish: 4 kadr
O'ng oyoq oldinda
Oyoqlar birga
Chap oyoq oldinda
Oyoqlar birga
Oyoq oldinda bo'lgan kadrlarda tana 1 px pastda. Timeline: 4 kadr × 0.15 s.
Obyektlar atlasi
Pastga bosing: atlas qoidalari
Atlas qoidalari
16×16 katak
64×64 hujjatda 16 o'rin.
O'xshashlar birga
Pullar, zelyelar, kalitlar — alohida qatorlar.
Bitta uslub
Bir xil palitra, kontur va yorug'lik yo'nalishi.
05
Optimallashtirish
Yengil, tartibli, sifatli
5 qoida
Ortiqcha joy yo'q
Katak obyektga mos, lekin hammasi bir xil.
Nusxa kadr yo'q
Dvijokda kadr vaqtini uzaytiring.
Kam rang
16–32 rang — kichik fayl, yaxlit uslub.
PNG, 100%
Kattalashtirishni dvijok qiladi.
Aniq nom
tanga_aylanish_sheet_16x16.png
Dvijokda nima bo'ladi?
Unity: qahramon_yurish_sheet_32x32.png
Texture Type : Sprite (2D and UI)
Sprite Mode : Multiple
Filter Mode : Point (no filter)
Sprite Editor → Slice → Grid By Cell Size: 32 × 32
Natija: qahramon_yurish_0 … qahramon_yurish_3
Bu Unity bo'limida amalda o'tiladi. Bugun asosiysi: teng katak bo'lsa, kesish bir bosishda.
Mini-test
Sheetdagi kadrlar 30, 32 va 34 px kenglikda. Nima bo'ladi?
Grid By Cell Size teng kataklarni kutadi — har xil kenglik kadrlarni yarmidan kesadi.
Amaliy topshiriqlar 30 daqiqa
OsonYurish 6 kadr × 32 px: sheet o'lchamini hisoblang.
OsonIdle 2 kadrdan 64×32 px sheet yig'ing.
O'rta4 kadrli yurish animatsiyasini chizib, 128×32 sheetga joylang.
Qiyin64×64 obyektlar atlasi (6+ obyekt) va hajm taqqoslash.
Dars xulosasi
Sheet va atlas
Ko'p kadr — bitta PNG fayl.
Tuzilish
Teng katak, qator, padding, tayanch nuqta.
Optimallashtirish
Kam rang, nusxasiz, 100%, aniq nom.
Uyga vazifa: idle + yurish sheet (128×64) va obyektlar atlasi (64×64).
Keyingi dars: tugmalar
UI dizayn (1-qism): tugmalar turlari va holatlari — Normal, Hover, Pressed
5-hafta · 14-dars